Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangi ishlanmalar va ilg`or usullar — taraqqiyot mezoni


2018-yil 22-26-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zekspomarkaz”da Xalqaro innovatsiya yarmarkasi doirasida “InnoWeek” innovatsion va investitsion forumi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirning maqsadi mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni namoyish qilish, texnologiyalar almashish, qadimgi usullarni modernizatsiya qilishdir, natijada aholi turmush sifatini yaxshilashga va mamlakat iqtisodiyotida yangi investitsion imkoniyatlarni aniqlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti ham “InnoWeek”da ikkita yangi soyaning “Sochilmas” navi hamda tuproq unumdorligini oshirish uchun biologik mahsulot “Bioazot” ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, O’zR FAGenomika va bioinformatika markazi tomonidan Gen-nokaut texnologiyasi yordamida kartoshkaning yangi navlarini olish hamda tok oʻsimligining noyob vinobop navlarini in vitro koʻpaytirish loyihalari namoyish etildi.

 

Ushbu ishlanmalar “O'zsanoatqurilish” banki tomonidan moliyalashtirilib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda. “Innoweek-2018” yopilish marosimida O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi xodimlari tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar bir qator nominasiyalarda g’olib deb topilib, estalik sovg'alar va sertifikat bilan taqdirlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!