Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi hijriy-qamariy yil taqvimi eʼlon qilindi


20-avgust hijriy-qamariy taqvim boʼyicha yangi yilning ilk kuni hisoblanadi. Shu munosabat bilan Oʼzbekiston musulmonlari idorasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Аstronomiya instituti xodimlari hamkorligida yangi yillik taqvim eʼlon qilindi.

Oʼzbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2020–2021 milodiy, 1442 hijriy-qamariy taqvim sotuvga chiqarildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita tasdiqlagan maxsus gologramma bilan tamgʼalangan haqiqiy yillik taqvim Oʼzbekiston musulmonlari idorasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Аstronomiya instituti xodimlari hamkorligida tuzildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!