Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yana bir yangi muhim adabiyot: “Manbashunoslik” darsligi nashr qilindi


O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalari uchun yana bir yangi muhim adabiyot tayyorlandi. Bu – O‘zbekiston manbalarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Manbashunoslik” darsligidir. Darslikni yozish jarayonida bir qancha muassasa vakillari qatnashdi. Jumladan, O‘z FA Tarix instituti, Sharqshunoslik instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat olib boruvchi olimlar va soha mutaxassislari hamkorlikda samarali faoliyat ko‘rsatdilar.

Mazkur o‘quv adabiyoti qadimgi davrlardan to hozirgi vaqtga qadar bo‘lgan tarixiy bosqichlar davomida yaratilgan yozma manbalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilib, ularni o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar qayd etilgan. Shuningdek, mavzularning o‘zlashtirilishini mustahkamlash maqsadida har bir mavzu oxirida savol va topshiriqlar, adabiyotlar va manbalar ro‘yxatlari berilgan. Darslikni tayyorlashda mahalliy va xorijiy olimlarning asarlaridan o‘rinli foydalanilgan, yozma manbalardan qiziqarli lavhalar berilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!