Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Xitoy Fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrifi


Xitoy Xalq Respublikasi “Bir makon – bir yoʻl” dasturiga muvofiq investitsiya kiritib, Toshkent shahrida zamonaviy ilmiy-tatqiqot va amaliy ishlar boʼyicha dori ishlab chiqarish markazi tashkil etgan edi. 2018-yil 23-noyabr kuni ushbu Markazning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunli boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev kutib oldi. 

Ushbu Markazning maqsadi Oʻzbekistonning yetakchi ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlikda yangi, yuqori samarali dori vositalarini yaratish, ishlab-chiqarish va aholiga yuqori darajada tibbiy va diagnostik xizmat koʻrsatishdir. Shuningdek, mazkur jarayonga yoshlarni jalb etib, ularning malakasini oshirish orqali fan-taʼlim va ishlab-chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash natijasida yaxlit ilmiy klaster yaratiladi.


Markazning tantanali ochilish marosimidan soʻng mehmonlar Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga ham tashrif buyurishdi. Bu yerda OʻzR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida ikki davlat Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Kelishuv qayta imzolandi.

Soʻngra, mehmonlar Institutda saqlanayotgan eng noyob yozma yodgorliklar bilan tanishdi. Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunli bugungi samimiyuchrashuv uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!