Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqimiz kelajagi uchun uyda qoling!


Men qadimgi, aynan Аmir Temur va Temuriylar davri qoʼlyozmalarini oʼrgangan mutaxassis sifatida shuni taʼkidlamoqchimanki, oʼsha vaqtlarda juda koʼp bizning va qoʼshni davlatlar boshidan kechgan qiyinchiliklar, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi ( vabo va boshqalar) tufayli butun bir shaharda bironta odam ham tirik qolmagan. Аmir Temur oʼz askarlarini yuqumli kasalliklardan asrash uchun bu shahardan ancha yiroq va mashaqqatli yoʼllar bilan olib oʼtgan.

Ulugʼ Vatan urushidan keyingi dastlabki yillari ( non olish uchun 5-6 yoshli bola boʼlib turib) kechasi bilan navbatda turib har bir odamni qoʼliga bir buxanka non berilganligini juda koʼp eslayapman va shu kunlarda xalqimiz boshiga tushgan kutilmagan ogʼir vaziyatni yengish uchun baʼzilarimiz Davlatimiz Rahbari olib borilayotgan saʼy-harakatlarga, shifokorlarimiz, posbonlarimizga yordam berish oʼrniga xalaqit berayotganini ( toʼy, yigʼin, va boshqa marosimlar) haqida eshitib hayron boʼlayapmiz.

Shu ogʼir vaziyatdan chiqib ketish uchun hurmatli Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev xalqdan kasallik tarqab ketmasligi uchun faqatgina vaqtincha uyda oʼtirishni soʼramoqdalar.

Qutlugʼ Vatan urushi paytida Leningrad shahri "blokadada" boʼlgan va har bir odamga kun boʼyi yeyishlari uchun bir kichkina boʼlak non tekkan. Shu vaziyatda ham odamlar chidagan. Hozir esa davlatimiz tomonidan supermarketlar, bozorlar ilgaridek oziq-ovqat bilan taʼminlanib turibdi, stipendiyalar, oylik va pensiyalar oʼz vaqtida berilayapti, tibbiyot xodimlari va dorixonalar nuqsonsiz ishlab turibdi. Xalqdan faqatgina uyda qolish soʼralyapti.

Nahotki boshidan shuncha ogʼir kunlarni kechib farovon hayotga erishgan oʼzbek xalqi hozirgi vaziyatni yengib oʼtolmaydi?

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qator muhim farmonlarga imzo chekildi, xalqqa bir qancha imtiyozlar yaratildi, koronavirus kasalligiga chalingan insonlarga hamma tibbiy himoya vositalar jalb etildi, chet eldan (Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va b.) kuchli tibbiyot mutaxassislari taklif qilindi.

Bu harakatlarning barchasi pandemiya tufayli xalqimiz orasida kasallik tarqalishi va yoʼqotishlar boʼlmasligi uchun qilinyapti.

Аziz vatandoshlar, bu ogʼir kunlarda xalqimizning kelajagi uchun qoʼlingizdan kelganicha yordam berishingizni va uyda qolishingizni soʼrayman!

Dilorom Yusupova, OʼzR FА akademigi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!