Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalq shoiri Mirtemir tavalludining 110 yilligi nishonlandi


Oʼzbek xalq shoiri Mirtemir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan OʼzR FА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan “Mirtemir ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy onlayn konferensiyasi oʼtkazildi.

Unda Institut xodimlari, akademiklar, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

Konferensiyaga taqdim etilgan maʼruzalarning mavzulari rang-barang boʼlib, ularda Mirtemir ijodining turli qirralari, shoir ijodining bugungi oʼzbek adabiyotida tutgan oʼrni, davr muammolarining shoir ijodida aks etishi, Mirtemir sheʼriyatidagi tabiat, doʼstlik, sevgi va sadoqat, xalqlar doʼstligi, shogirdlariga nisbatan mehribon ustoz singari jihatlari muhokama qilindi.

Ilmiy maʼruzalardan soʼng shoir, yozuvchi va olimlar Mirtemir haqidagi xotiralari bilan oʼrtoqlashdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!