«Yuqori texnologik ishlanmalar ishlab chiqarishga» mavzusidagi yosh olimlarning Respublika ilmiy anjumani to‘g‘risida axborot

2016-yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida «Yuqori texnologik ishlanmalar  ishlab chiqarishga» mavzusida yosh olimlarning Respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo, O‘simlik moddalari kimyosi, Bioorganik kimyo va boshqa institutlarining yosh olimlari ishtirok etdilar. Anjumanda  20 dan ortiq  ilmiy ma’ruzalar eshitildi.

Anjuman dasturi, tezislar to‘plami nashr etildi va ma’ruzachilarga taqdim etildi.