Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi

Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilarning eng ko‘p — 88,61 foiz ovoziga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) uchun, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 906 724 nafar fuqaro ovoz berdi, deya xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Sarvar Otamuratov 421 ming 55 nafar yoki 2,35 foiz, Hotamjon Ketmonov 669 ming 187 nafar yoki 3,73 foiz, Narimon Umarov 619 ming 972 nafar yoki 3,46 foiz ovoz to‘plagan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishicha, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi.