Toshkentda fizika bo‘yicha xalqaro simpozium

2016-yilning 10-11-noyabr kunlari Toshkentda «Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendentsiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Simpozium tashkiliy qo‘mitasiga dunyoning 27 mamlakati fizik olimlarining 300 dan ortiq nazariy va eksperimental fizika, astrofizika muammolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, shuningdek yangi materiallarni yaratishning dolzarb muammolariga qaratilgan ma’ruzalari taqdim etilgan