Ilmiy kadrlar tayyorlash

O’zR Fanlar akademiyasi yuqori malakali ilmiy kadrlari tarkibi va ularni tayyorlash

 

O’zR Fanlar akademiyasi xodimlari soni 2017-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 2743 kishini tashkil etdi, ulardan 65 nafari akademik, 141 nafari fan doktori va 398 nafari fan nomzodi, 1364 nafardan ziyodi ilmiy xodimlar. 97 nafar fan doktori ilmiy darajasi talabgorlari o’qitilmoqda.  

O’zR FA ilmiy muassasalari yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash bo’yicha ma’lum ishlarni amalga oshirdilar. 2016-yilda 20 dan ortiq doktorlitk dissertatsiyalari himoya qilindi.

O’zR FA ilmiy muassasalarida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha 6 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat yuritmoqda.