2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini Fanlar akademiyasi tizimida ta’minlash yuzasidan

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

Fanlar akademiyasida amalga oshiriladigan ishlar

  1. IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA FAOL TADBIRKORLIKNI
    QO‘LLAB-QUVVATLAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

3.3. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish

102

Mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros ob’ektlarida va ular atrofidagi ob’ektlarda tegishli infratuzilmani shakllantirish, amalga oshiriladigan diniy marosimlar uchun tegishli sharoitlarni yaratish orqali ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yo‘nalishi sifatida rivojlantirish.

Chora-tadbirlar rejasi.

Rejada:

ziyorat turizmi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan standartlarni qabul qilish, sayyohlarni keng jalb qilish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, ziyoratchilar uchun xizmat ko‘rsatishning maqbul turlarini joriy etish; ziyorat turizmiga sayyohlarni jalb qilish borasida yangi marshrutlarni ishlab chiqish va targ‘ibot qilish nazarda tutiladi.

Ziyorat turizmini rivojlan-tirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish;

 

Mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros ob’ektlari haqida qisqacha ma’lumotlar tayyorlash;

 

Moddiy madaniy meros ob’ektlariga bag‘ishlangan ilmiy va ilmiy-ommabop maqola va broshyuralar tayyorlash.

115

Milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash hamda iqtisodiyotning yangi tarmog‘i sifatida aerokosmik sanoatni shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

aerokosmik faoliyatni tartibga solish bo‘yicha mas’ul davlat organini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasining 2018-2035 yillarga mo‘ljallangan aerokosmik sanoatni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish;

sohaning moddiy va ilmiy bazasini shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni xorijiy ta’lim muassasalarida malakasini oshirish mexanizmlarini yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.

Milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash hamda iqtisodiyotning yangi tarmog‘i sifatida aerokosmik sanoatni shakllantirish yuzasidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga taqdim etish.

 

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda kelishish.

118

Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada qishloq xo‘jaligida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirmaslik hamda iste’mol bozoriga kirib kelishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish tartibini joriy qilish, tegishli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish yuzasidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish;

 

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda kelishish.

  1. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

4.3. Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish

165.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish, shuningdek, poytaxtda va hududlarda rivojlangan mamlakatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari.

Loyihalarda Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish hamda ularning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi.

Rivojlangan davlatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha chuqur o‘rganishlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish hamda ularning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;

 

Rivojlangan davlatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish bo‘yicha chuqur o‘rganishlar o‘tkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;

 

Ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kelishish.

167

“Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari;

ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining vazifalari va funksiyalari, ularni samarali boshqarish, moliyalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti va imtiyozlar;

xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga oid qoidalar nazarda tutiladi.

“Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ilmiy-tadqiqot muassasalarida keng muhokamasini tashkil etish va ularning taklif va mulohazalarini qabul qilish;

 

Qonun loyihasiga kiritish uchun umumlashgan takliflar tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish;

 

Qonun loyihasini o‘rnatilgan tartibda kelishish;

168

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllari;

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

xalqaro hamkorlik, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutiladi.

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ilmiy-tadqiqot muassasalarida keng muhokamasini tashkil etish va ularning taklif va mulohazalarini qabul qilish;

 

Qonun loyihasiga kiritish uchun umumlashgan takliflar tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish;

 

Qonun loyihasini o‘rnatilgan tartibda kelishish.

176

O‘zbekiston Respublika-sining Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalarining taklif va mulohazalarini qabul qilish;

 

Innovatsion rivojlanish strategiyasiga kiritish uchun Fanlar akademiyasining umumlashgan tak-liflarini Innovatsion rivoj-lanish vazirligiga taqdim etish.

V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASh HAMDA ChUQUR O‘YLANGAN,

O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYoSATNI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR

5.1. Xavfsizlik, dinny bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

215

Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hujjatlar talablari bajarilishiga qaratilgan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari.

Loyihalarda:

vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash;

kimyoviy, biologik va yadroviy qurollar va ularni yetkazib berish vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish;

eksport nazoratidagi ob’ektlarning ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan ishlab chiqiladigan milliy harakatlar rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va “Sanoatgeokontex-nazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

 

Milliy harakatlar rejasini o‘rnatilgan tartibda kelishish.

5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

225

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha 1-sammitida (Qozog‘iston, 10.09.2017y.) ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda:

Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) bilan birgalikda O‘zbekistonda IHTning yuqori samarali kompyuter markazini tashkil etish;

O‘zbekistonda IHT bilan hamkorlikda zamonaviy teleskop o‘rnatish;

Al-Xorazmiy xotirasiga bag‘ishlangan yosh matematiklar o‘rtasidagi xalqaro olimpiada o‘tkazish nazarda tutiladi.

O‘zbekistonda IHT bilan hamkorlikda zamonaviy teleskop o‘rnatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqilishida ishtirok etish va unda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida amalga oshirilishini ta’minlash;

 

Al-Xorazmiy xotirasiga bag‘ishlangan yosh matematiklar o‘rtasidagi xalqaro olimpiada o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqilishida ishtirok etish va unda belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida amalga oshirilishini ta’minlash.