AXBOROT XATI

2015-yilning oxirida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida hozirgi zamon fanining dolzarb muammolarga bag’ishlangan yirik ilmiy anjumanlar bo’lib o’tdi, jumladan:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-fevraldagi 56-f-sonli farmoyishiga muvofiq O’zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 100 jildlik «Qoraqalpoq folklori» to’plamining nashr etilishi munosabati bilan 2015-yilning 26-27 noyabr kunlari «Xalq og’zaki ijodiyoti milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimida» mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanini o’tkazildi.

Anjumanning maqsadi va vazifalari:

Turkiy tillar xalqlarining turdosh xalq og’zaki ijodiyoti namunalarini har tomonlama o’rganish.

Konferensiya qatnashchilari quyidagi ilmiy-amaliy muammolarni ko’rib chiqdilar:

Milliy adabiyotning riovojlanishida xalq og’zaki ijodiyoti ta’sirini o’rganish;

Yangi tarixiy sharoitlarda xalqlar ma’naviy merosining yaqinlashuvi va mustahkamlanishi, og’zaki qadriyatlarning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish;

Xalq og’zaki ijodiyoti asarlarining o’ziga xos tillarini o’rganish va boshqalar.

Anjuman ishida olimlar, yosh tadqiqotchilar, talaba-magistrlar hamda Rossiya, Germaniya, Qozog’iston, Ozarbayjondan, shuningdek mamlakatning boshqa mintaqalaridan mutaxassislar qatnashadilar.

 

2. 2015 yilning 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlari kengashi o’zining har yilgi navbatdagi Respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazdi. Konferensiya ishida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Salixov SH.I. tabrik so’zi bilan ma’ruza qildi.

Konferensiyada Yuqori texnologiyalar o’quv tajriba markazi direktori Sh.Mirzaaxmedov, FA Astronomiya instituti direktori Sh.Egamberdiev, O’simlik moddalari kimyosi instituti diroktor o’rinbosari N.Abdullaev va boshqa yetakchi mutaxassislar, shuningdek O’zbekistonning ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oliy o’quv yurtlarida ishlaydigan yosh olimlar ma’ruza bilan chiqdilar.

Konferensiya doirasida quyidagi uch yo’nalish bo’yicha ilmiy sho’balar yig’ilishi bo’lib o’tdi:

Fizika-matematika va texnika fanlari sho’basi;

Tabiiy fanlar sho’basi;

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sho’basi.

 

Konferensiyada “TWAS – Rivojlanayotgan mamlakatlar Fanlar akademiyasi” mukofoti sovrindorlarini va konferensiya ishtirokchilarini turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimlari bo’lib o’tdi.