O’zR FA olimi Ravshan Nazarov yubiley medali bilan taqdirlandi

Qozog’iston xalqi Assambleyasi 20 yilligi nishonlanishi munosabati bilan O’zR FA Tarix instituti olimi, falsafa fanlari nomzodi Ravshan Nazarov « Казакстан халкы Ассамблеясына 20 жыл » yubiley medali bilan taqdirlandi.

Qozog’iston Prezidenti N.Nazarboevning farmoniga muvofiq ushbu mukofotni topshirish marosimi 10-fevral kuni Qozog’iston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida bo’lib o’tdi.