АХБОРОТ ХАТИ

XALQARO KONFERENSIYA

“Boze-kondensati va optik sistemalarda nochiziqli jarayonlar”

Konferensiya 2018 yil 14-17 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida, Optika Jamiyati (OSA), hamda Nazariy Fizikaning Xalqaro Markazi (ICTP, Italiya) bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

Ushbu konferensiya Boze-Eynshteyn kondensati va optika sohasida ishlaydigan taniqli ekspertlar va yosh tadqiqotchilarni birlashtiradi. Konferensiya mavzusi nazariy va tajribaviy jihatdan o'rganiladigan Boze-Eynshteyn kondensati va optik sistemalarda keng tarqalgan nochiziqli hodisalarni o’z ichiga qamrab oladi.

Ushbu konferensiyada AQSh, Avstraliya, Braziliya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya va O`zbekistondan yetakchi olimlar ishtirok etishadi.

Konferensiya quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

1) Optik tolalarda nochiziqli dinamika; Boze-Eynshteyn kondensatida va nochiziqli optikada   integrallanuvchi sistemalar.

2) To’lqin uzatkich va lazerlarda dissipativ solitonlar; PT - simmetrik sistemalar.

3) Foton kristallarda, plazmon strukturalarda, panjara va metamateriallarda solitonlar.

4) Bir jinsli bo’lmagan, hamda tartibsiz muhitlarda impulslar tarqalishi; Topologik fotonika.

5) Spin-orbital va dipolyar Boze-Eynshteyn kondensatida nochiziqli jarayonlar.

Kunning birinchi yarmida chet eldan taklif qilingan yetakchi olimlarning ma'ruzalari o`qib eshittiriladi. Kunning ikkinchi yarmida esa konferensiya ishtirokchilari mavzu doirasidagi keng ko'lamli masalalar bo'yicha qisqa taqdimotlar taqdim etadilar.

Ushbu konferensiya ortida yosh tadqiqotchilarimizning har xil davlatlardan kelgan  mutaxassislar bilan o`zaro ilmiy aloqalari orqali ularning kelajakdagi faoliyati uchun katta foyda keltirishi kutilmoqda. Shuningdek, ushbu konferensiyaning yana bir muhim natijasi - yangi ilmiy aloqalarni o'rnatish, hamda mavjud aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir.