Fanlar akademiyasida qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi

2016 yil 16 sentyabr kuni Fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Direktorlar kengashi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Oliy attestatsiya komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvaridagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majlisida, shuningdek uning keyingi farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalarini so‘zsiz bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar”ga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan axborot-tahlil departamenti mudiri D.X.Nabiev, Ta’lim va ilm-fan axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi Sh.Abdukamilov ishtirok etdilar.

Majlisda O‘zR FA prezidenti v.v.b. S.L.Lutpullaev, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi Ijro apparati rahbari O.R.Parpiev va Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov ma’ruza qildilar.

Majlisda Fanlar akademiyasi tizimida, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Oliy attestatsiya komissiyasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi va ushbu chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida va yuqori saviyada bajarilishi bilan bog‘liq ishlar belgilab olindi.