Hamkorlikning yangi bosqichi

2018 yilning 26 fevralda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga oid davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zR FA Tarix instituti, Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti hamda Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi vakillari qatnashdi.

Davra suhbati davomida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, t.f.d., prof. M.A.Raximov, O‘zR FA Tarix instituti direktori, t.f.d. R.M.Abdullaev hamda f.f.n. R.R.Nazarov tomonidan O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganligi va u yanada rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi. Ural Federal universitetidan qatnashayotgan t.f.n., dos. R.T.Ganiev, f.f.n. K.Pogorelskiy Rossiyada, umuman, jahonda Ipak yo‘li brendi katta qiziqish uyg‘otayotganligini qayd etishar ekan, fan va ta’lim sohasida ham hamkorlikni yanada kengaytirish zarurati haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Davra suhbati yakunida Ural federal universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, O‘zR FA Tarix instituti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.