Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2018-yil 19-fevral kuni O‘zbekistan milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2789-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G’.A. Baxadirov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik B.T. Ibragimov, Tarix instituti, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, M.T. O’razbaev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Y. G’ulomov nomidagi Arxeologiya instituti, Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktorlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.