O'ta noyob jarrohlik amaliyoti O'zbekistonda

Yurtimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta'minlash hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktyabrdagi “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo'lagini transplantatsiya qilish tartibi to'g'risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi hamda olib borilayotgan islohotlar samarasi o'laroq, O'zbekistonda birinchi marta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi direktori, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Feruz Nazirov va Rossiya Transplantologiya va sun'iy a'zolar Milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori, akademik Sergey Gote rahbarligida bemorga tirik donor qarindoshidan jigar bo'lagini ko'chirib o'tkazish amaliyoti muvafaqqiyatli bajarildi.