Navoiy viloyatida sayyor ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tomonidan 7-8 fevral kunlari Navoiy viloyatining Karmana, Navbahor va Xatirchi tumanlarida Navoiy viloyati fermerlari, issiqxonalar xodimlari, viloyatning qishloq xo‘jalik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislari uchun sayyor ilmiy-amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Ilmiy-amaliy seminarda Navoiy viloyati hokimi, hokim o‘rinbosarlari, “NKMK” DK bosh direktori Q.S.Sanaqulov, O‘zR FA prezidenti maslahatchisi, akademik T.F.Aripov, ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari hamda qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirok etishdi. Ikki kun davom etgan seminarda qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish va ekinlarda uchraydigan turli kasalliklarga qarshi ishlatiladigan ekologik xavfsiz preparatlar, g‘o‘za biotexnologiyasi, tuproq sho‘rlanishiga qarshi samarali vositalar, termitlarga qarshi kurashish choralari va shu kabi masalalar ko‘rildi.