O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

2018-yilning 7-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumining 1-majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5308-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 24-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev ochib berdi va davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, muhim vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida gapirdi.

Shundan so’ng Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G.A.Baxadirov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 22-yanvardagi 5308-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 24-sonli qarorida belgilangan vazifalarning Fanlar akademiyasi tizimida ijrosini ta’minlash to’g’risida qichqacha to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, akademik S.S.Gulyamov “2018-yil – faol tadbirkorlik, innovatsion g’oya va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili. 2017-2021-yillarda harakatlar strategiyasini sifatli amalga oshirishda intellektual salohiyat va innovatsiyalarning roli” mavzusida gapirib, o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.

​