AXBOROT XATI

2018-yilning 7-fevral kuni soat 15.00 da O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5308-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 24-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tadi.