O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati " AJ: ilm-fan va ishlab chiqarishni yanada yaqinlashtirish tomon qadam

Rivojlanish, taraqqiyot, xalqaro bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashish yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori samarali uskunalar va malakali kadrlardan foydalanmasdan mumkin emas. Bularning barchasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo'nalishidir. 2018-yil 26-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlarining Olmaliq shahrida "Olmaliq KMK" AJ rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Olimlar to'g'ridan-to'g'ri korxonada ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Olmaliq KMK bo'linmalarining rahbarlari ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarni taqdim etdilar, hamkorlik bo'yicha keng ko'lamli masalalar yuzasidan fikr almashdilar. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va "Olmaliq KMK" aktsionerlik jamiyati muammolarni birgalikda hal etishga kelishib oldilar va tez orada keyingi ish yig'ilishini Fanlar akademiyasi institutlarining takliflari asosida o'tkazadilar.