Fanlar akademiyasininghaqiqiy a’zolaridan iborat guruhlarning Toshkent shahridagi ilmiy muassasalarga tarshrifi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № PF–5293-sonli Farmoni va mazkur Farmonni so‘zsiz bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 30 dekabrda tasdiqlangan Nazorat rejasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadidaFanlar akademiyasining amaldagi haqiqiy a’zolarini asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida 2018 yilga “Yo‘l xaritalari” va ularga muvofiq ish rejalari tasdiqlandi va unda quyidagilarga alohida ahamiyat qaratilishi belgilandi:

- ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;

- ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;

- joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

- o‘z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

- ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

- xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O‘zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;

- ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish

borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ‘ib qilishmaqsadida 2018 yilning 10-11yanvar kulari Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari Fanlar akademiyasi tizimidagi Sharqshunoslik institutiga, Genomika va bioinformatika markaziga, Quyosh energiyasi xalqaro institutiga va Yuqori texnologiyalar markaziga tashrif buyurdilar.

Xususan, 10 yanvar kuni Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariA.L.Alyavi, T.U.Aripova, R.Juraev, B.T.Ibragimov, F.I.Inoyatova va R.D.Kurbanovdan iborat guruh FA Quyosh energiyasi xalqaro institutiga tashrif buyurdilar va ilmiy muassasada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan batafsil tanishdilar va ushbu yo‘nalishlarda o‘z fikrlarini bildirdilar.