Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni

2017 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti majlislar zalida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Fanlar akademiyasi akademiklari, yosh olimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, respublikadagi soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, ilmiy xodim va magistrantlar  ishtirok etdilar.

Konferensiya ishida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari”, “Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari”, “Fizika-matematika va texnika fanlarining dolzarb muammolari” sho‘balari doirasida olib borildi.  Unda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yosh olimlar kengash va O‘zbeksiton yoshlar ittifoqining tashkiliy-huquqiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik istiqbollari”, “O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish masalalari”, “O‘zbekistondagi yangi biotexnologiyalar”, “Murakkab tarmoqli yer osti quvurlarining seysmodinamikasi”, “O‘zbeksitonda tarix, arxeologiya va sharqshunoslik yo‘nalishlarni o‘rganishdagi tendensiyalar” kabi turli ma’ruzalar tinglandi. Bu borada Markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dolzarbligi, tadqiq etilayotgan mavzularning bag‘rikenglik mezonlariga tayangani, fundamental ilmiy manbalar asosida amalga oshirilayotgani  bilan ahamiyatlidir.

Konferensiya davomida Yosh olimlar kengashi va yoshlar ittifoqi o‘rtasida konferensiya rezolyusiyasi qabul qilindi vazifalari aytib o‘tildi.

Anjuman nihoyasida ma’ruzalar bo‘yicha muhokama o‘tkazilib, “Eng yosh iqtidorli tadqiqotchi”, “Eng yosh ilmiy rahbar (maslahatchi)”, “Eng diqqatga sazovor ma’ruza”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Yoshlarning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola” nominatsiyalar bo‘yicha diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

 

«Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni» Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari to‘plami (2017 yil 24 noyabr)   yuklab olish