Akademik Sh.I.Salixov Xitoy xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining xorijiy a'zosi etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Sh.I.Salixovning ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo‘shgan hissasi, xususan XXR Fanlar akademiyasi bilan samarali ilmiy hamkorlik olib borgani uchun 2017 yil 10 noyabrda Xitoy xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi. Mazkur axborot XXR FA rasmiy veb-saytining quyidagi ilovasida e’lon qilingan:   http://english.cas.cn/newsroom/news/201711/t20171128_186667.shtml