“Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” ilmiy konferensiyasi haqida

2017 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Sharof Rashidovning xotirasiga bag‘ishlangan “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” ga bag‘ishlangan tantanali konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti akademik B.S.Yo‘ldoshev nutq so‘zladi.

Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati haqida akademik O.U.Salimov, Rossiya Federatsiyasidan kelgan yozuvchi F.I.Razzakov, FA Tarix instituti professori Q.Rajapov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ali, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi I.I.Kuzmin, O‘zR Falar akademiyasi akademiklari I.I.Iskandarov, B.Nazarov, A.A.Asqarov va boshqalar ma’ruza qildilar.