O‘zR FA bo‘lib o‘tadigan Ishchi kengash haqida

2017 yilning 1-3 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida "Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna sh.) va Rossiya Federatsiyasi "Rosatom" davlat korporatsiyasida fan va ta'lim" ishchi kengashi o'tkaziladi.

1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Ishchi kengash o‘z ishini boshlaydi.

2 noyabr kuni Ishchi kengash o‘z ishini Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida va 3 noyabr kuni Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida davom ettiradi.

Ushbu Ishchi kengash ishida dunyoning ko‘zga ko‘ringan yirik olimlari ishtirok etadilar va yadro fizikasi sohasida dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni muhokama qiladilar.