Navoiy shahridagi xalqaro konferensiya to‘g‘risida

2017 yilning 26–27 oktabr kunlari Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zR FA Navoiy bo‘limi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Navoiy konchilik instituti tomonidan tashkil etilayotgan “Zarafshon mintaqasini integratsion innovatsion  rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya ishida 200 nafardan ortiq olimlar va yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan 45 nafar olim va sanoat xodimlari ishtirok etadilar. Konferensiya ishtirokchilari mineral-xomashyo bazasi, chiqitsiz va ekologik toza ishlab chiqarishni rivojlantirish, rudani qayta ishlash va ruda chiqindilaridan qimmatbaho va nodir metallarni ajratib olish, kimyoviy texnologiyalar, qurilish mollari ishlab chiqarishni intensivlashtirish kabilar bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qiladilar. Zarafshon sanoat mintaqasini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.