Fanlar akademiyasi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2018 yil uchun qabul e'lon qiladi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2018 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

  • fizika-matematika va texnika;
  • tabiiy fanlar;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar.

Qabulga tegishli barcha zarur ma’lumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy bo‘limlarida tanishish mumkin.

Hujjatlar 2017 yilning 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2017 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
  • mutaxassislik.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
  • muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ikkita ma’ruza-tezisga ega bo‘lish;
  • xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga teglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga teglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchuuun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

  

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan ta’minlanadilar.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.

2018-yil uchun qabul rejasi

Nizom