Samarqand shahridagi xalqaro ilmiy konferensiya haqida

2017 yilning 28 avgust kuni Samarqand shahrida “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati, taniqli olimlar, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, shuningdek jahonning yirik ilm-fan va ta’lim muassasalari: YuNYeSKO, Islom hamkorlik tashkiloti - IHT, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi - IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Rossiya, va boshqa MDH mamlakatlarining taniqli olimlari ishtirok etmoqda.