O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun fan va texnika sohasida Birinchi darajali davlat mukofotlari

O‘zR FA akademigi Ayupov Shavkat Abdullayevich – O‘zR FA Matematika instituti direktoriga

fiz.-mat.fanlari doktorlari:

Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich – Qoraqalpog‘iston davlat universiteti kafedra mudiriga,

 Omirov Bahrom Abdazovich -  O‘zbekiston milliiy universiteti kafedra mudiriga,

Roziqov O‘tkir Abdullayevichga – O‘zR FA Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimiga

“Noassotsiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish” fundamental tadqiqoti uchun  berildi.

O‘zR Fanlar akademiyasi matematik olimlarni 2017 yil Davlat mukofotlarini berilganligi munosabati bilan ularga yangi ijodiy muvaffaqiyatlarni tilaydi.