E'lon

YUNESKOning “Inson va biosfera” xalqaro dasturi doirasida yosh olimlar uchun 2018-yil tanlov mukofoti e’lon qilindi. Mazkur tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad rivojlanayotgan mamlakatlarning biorezervatlari hududlarida biologik turfaxillik, ekologiya, suv zahiralari, hayvonot va nabotot olamini asrash kabi sohalar bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan yosh olimlarni rag’batlantirishdan iborat.

Tanlovda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tavsiya etilishi lozim:

  1. 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak;
  2. Mukofot doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot loyiha byudjeti 5000 AQSH dollaridan oshmasligi lozim;
  3. Mukofot doirasida moliyalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi 2 yil ichida amalga oshirilishi lozim.

Tanlov shartlariga ko’ra, biosfera qo’riqxonalarida tadqiqot olib boruvchi yosh olimlarga ustuvorlik beriladi. Ishtirok etishi mumkin bo’lgan nomzod to’g’risidagi hujjatlar joriy yilning 15-dekabr kuniga qadar “Inson va biosfera” YUNESKO xalqaro dasturi kotibiyatiga yuborilishi lozim.

Ma’lumot uchun YUNESKOning “Inson va biosfera” dasturi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Qo’mitasiga (+99871) 232-11-81 telefon raqamiga ish kunlari soat 1500 dan qong’iroq qilish mumkin.