O‘zR FA huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-sonli “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati tashkil etildi.