AQSh sifat belgilari va patent boshqarmasi O’zbekistonda yaratilgan paxta genining nokaut texnologiyasiga patent berdi

AQSh sifat belgilari va patent boshqarmasi paxta genining nokaut (o’chirish) texnologiyasiga patent berdi. Patent shartlariga ko’ra texnologiya AQShdan tashqari yana dunyoning 20 ga yaqin davlatlarida himoya qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi o’zbek olimlarining yuqori texnologiyali ixtirolariga AQSh tomonidan patent berilishi esda qolarli hodisa bo’lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlarimizning yutuqlarini chet elda ham tan olinganligining yaqqol isbotidir. 

Mazkur texnologiya o’zbek olimlari tomonidan 2008-yilda yaratilgan bo’lib, kelgusi tadqiqotlar O’zbekiston hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanishi natijasida yangi texnologiya asosida serhosil, tezpishar, uzun tolali, qurg’oqchilikka, sho’rxok yerga chidamli bo’lgan “Porloq” seriyasi navlaridan biri bo’lgan yangi nav yaratildi. Yangi texnologiya bir paytning o’zida jahon seleksiyasi va o’simliklar gen muhandisligi tarixida bo’lmagan voqeani amalga oshirib paxtaning sifatini oshirishga xizmat qildi.

Ayni paytda tolaning “Porloq” navi boshqa navlarga nisbatan 12% qimmatroqqa sotilib, unga jahon bozorida talab juda kuchlidir. “Porloq” navi 2017-yilda respublikamizning 52 ming gektardan ortiq yeriga ekilib, kelajakda yanada ko’proq yerlarga ekilishi ko’zda tutilgan.

AQSh patent boshqarmasiga murojaat etish juda qiyin va ko’p mehnat talab qiladigan jarayondir. Uning murakkabligiga olingan natijalarni batafsil tekshirish va murojaatchining boshqa davlatda yashashi sabab bo’ladi.

“Talabnoma 2012-yilning aprel oyida berilgan edi. Amerikalik mutaxassislar tadqiqotimizning to’g’riligiga va patent olishga loyiqligiga ishonch hosil qilish uchun uni batafsil o’rgandi. Molekulyar texnologiya borasida har qanday davlat ham bunday imkoniyatga ega emas. Biz 5 yil davomida ular bilan tinimsiz xabarlashib, patent boshqarmasining har bir savoliga asosli javob berib keldik. Va nihoyat uzoq yillik muzokaralardan keyin AQSh sifat belgisi va patent boshqarmasi bizga patent berdi”, deb ma’lumot berdi O’zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Ibrohim Abdurahmonov. 

 

Manba: Uzbekistan Today