O‘zR FA Sharqshunoslik instituti o‘z faoliyatini takomillashtirmoqda

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida o‘rta asrlar olimlarining aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ishlari o‘rganiladi.

Institut tarixiy-madaniy ahamiyatga molik qadimiy qo‘lyozmalar va zamonaviy yozma manbalarni saqlash va o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi ilmiy muassasasi sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24-may kuni tegishli qarorini imzoladi.

Sharq qo‘lyozmalar fondini saqlash va restavratsiya qilish, arab yozuvidagi yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularning asliyati hamda o‘zbek va xorijiy tillarga tarjimasini nashr qilish Institut vazifalaridan etib belgilandi.

Aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, litografik nashrlar va tarixiy hujjatlar Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan sotib olinadi. Bu o‘z navbatida Institutda saqlanayotgan qadimgi sharq qo‘lyozmalar kolleksiyasining ko‘payishiga olib keladi.

Institut xodimlari o‘rta asrlarda yashab, ilm-fan bilan shug‘ullangan o‘rta osiyolik olimlarning matematika, astronomiya va fizika, tibbiyot, kimyo, geografiya, tarix, adabiyot va falsafa, shuningdek islom va dinshunoslikka oid ilmiy yodgorliklarini o‘rganadi.