O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari o‘rtasida “AKADEMIADA – 2017” sport musobaqalari

Xar yilgi an’anaga ko‘ra 2017-yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya institutining Botanika bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2017-yil “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-may 271-sonli “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va ilmiy xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada jalb qilish, ularni jismoniy chiniqtirish, salomatliklarini mustaxkamlash borasida Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlarining sport turlari bo‘yicha  “AKADEMIADA – 2017” sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkazildi.

“Akademiada-2017” sport musobaqalari 2 bosqichda o‘tkazildi:

1-bosqich: sport turlari bo‘yicha ommaviy musobaqalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot muassasalarida joriy yilning 15-25 aprel kunlari o‘tkazildi, bunda ITMlardan 1500 ga yaqin ishchi-xodimlar ishtirok etdilar;

2-bosqich: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan final bosqichida ITMlaridan 1-bosqichida g‘oliblikni ko‘lga kiritgan xodimlar ishtirok etdilar.

“Akademiada-2017” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib ishtirokchilari o‘rtasida sportning akademkross (yoshga oid), stol tennisi, shaxmat (ayollar va erkaklar o‘rtasida),  mini futbol bo‘yicha  musobaqalar tashkil etildi.

Barcha g‘oliblar Fanlar akademiyasi ma’muriyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moddiy rag‘batlantirildi va diplomlar bilan taqdirlandilar.