Vatanimizning yuksak mukofoti bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gfarmoniga asosan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, fidokorona mehnati, vatanparvarligi va ijtimoiy hayotdagi faolligi bilan el-yurt izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining «Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari» kafedrasi professori,O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Daminov Turgunpulat Abidovich«El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.