Fanlar akademiyasi rahbariyati qatnashgan tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Salixov Shavkat Ismailovich -2015-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi № 128 Sanoat okrug saylov komissiyasining raisi vazifasida faoliyat yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich – 2014-yil 14-15 may kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan “O‘rta asr Sharq mutafakkir va allomalarining tarixiy merosi va uning bugungi sivilizatsiyadagi o‘rni va ahamiyati” nomli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi hamda konferensiyaga bag‘ishlab nashr etilgan “O‘rta asr Sharqining mashhur  mutafakkir va allomalari” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi albomga mas’ul muharrirlik qildi.