Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PF-5524-sonli Farmoni bilan mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, fan-ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy  sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh vatandoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishdi. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida fidokorona faoliyat olib borayotganlar ham bor:

“O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi”

Yuldashev Behzod Sodiqovich

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti


“Mehnat shuhrati” ordeni

Tursunbay Rashidov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi
Axmedova Zaxro Raxmatovna

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti laboratoriyasi mudiri

 


“Do‘stlik” ordeni

Berdimurodov Amridin Ergashovich

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori

Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Yusupov Djalil Djo‘rabaevich

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh muhandisi


“Shuhrat” medali

Xodjaev Ablat

Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

 


Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni chin yurakdan qutlaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!