Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish yo’lida


Davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasining oldini olish, pandemiyaning fuqarolar turmush tarzi va iqtisodiyotning turli tarmoqlariga va talablariga rioya qilinishi kerakligini so‘rab bir necha marotaba xalqqa murojaat qildilar. Oxirgi videoselektor majlislaridan birida O‘zbekiston o‘z aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini to‘liq qondirish, daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun katta zaxiralar va imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidladilar. Muhtaram Prezidentimiz, karantin choralariga rioya qilgan holda fermerlar, klasterlar va dehqonlar dalalarda, aholi esa, o‘z tomorqa yerlarida bahorgi ekin ishlarini davom ettirishlari zarurligini, aks holda ichki bozorda turg‘un narxlarni saqlab qolish mushkul bo‘lishi haqida gapirdilar.

Shu munosabat bilan O’zR FA Navoiy bo‘limi qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurota tumani hududidagi 12 ta qishloq mahalliy yoshlar va ayollar bandligi muammosini hal etish, aholi daromadini oshirish maqsadida ularga moychechak (romashka), tirnoqgul (kolendula) kabi dorivor o‘simliklarning urug‘larini yetkazib berildi. Urug‘larni tomorqa yerlariga ekish,  parvarish qilish tushuntirilib,  ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.

 

Shuningdek, Bo‘lim tomonidan 20 ta qishloq aholisiga beg‘araz yordam sifatida, tomorqa yerlarida yetishtirish uchun sifatli navli piyoz va sabzi urug‘lari, ularni ekish va yetishtirish yuzasidan tayyorlangan ilmiy qo`llanmalar bilan birgalikda yetkazib berildi. Bundan tashqari, Bo‘lim tomonidan, barcha ekilgan o‘simliklar zararkunandalariga qarshi zarur bo‘lgan preparatlarni ham yetkazib berish rejalashtirilgan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!