Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Temur tuzuklari" oʼquv qoʼllanmasi chop etildi


Аmir Temur nomidagi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Fanlar akademiyasi Tarix instituti "Oʼrta asrlar tarixi" boʼlimi bilan hamkorlikda "Temur tuzuklari" oʼquv qoʼllanmasi chop etildi.

 

Ushbu qoʼllanma buyuk bobomiz Аmir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari" asarining mazmun-mohiyatini ochib berish, unda keltirilgan qarashlar va tartib-qoidalarning tarixiy ahamiyatini zamonaviy yondashuvlar asosida yoritishga bagʼishlangan. Qoʼllanmada sohibqiron Аmir Temurga xos insoniy fazilatlar, jumladan, keng dunyoqarashga ega boʼlish, muntazam oʼz ustida ishlash, eʼtiqodli va sabr-toqatli boʼlish, millit hamda davlat uchun sodiq xizmat qilish kabilarni bayon etishga alohida urgʼu berilgan.

Tuzuklar asosida shakllantirilgan har bir mavzu tarixiy manba va adabiyotlarda keltirilgan misollar hamda qoʼshimcha maʼlumotlar, shuningdek, yangi Oʼzbekiston hayotiga doir lavhalar bilan boyitilgan.

“Temur tuzuklari” nomli ushbu o’quv qoʻllanma harbiy-akademik litsey oʻquvchilari uchun moʻljallanib, undan harbiy taʼlim muassasalari kursantlar va tinglovchilar hamda boshqa kitobxonlarga ham moʻljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!