Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarixiy manbashunoslik masalalariga bag'ishlangan respublika ilmiy seminari o'tkazildi


Joriy yil 10-sentyabr kuni OʼzR FА Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan “Tarixiy manbashunoslikning bugungi kundagi dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy seminari oʼtkazildi. Unda akademiklar, yetakchi manbashunos olim va mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminarda tarixiy manbalarni tadqiq etish, manbashunoslikning hozirgi holati, istiqboldagi rejalarga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Asosan Markaziy Osiyo tarixshunosligi va manbashunosligi, oʼzbek tilshunosligidagi tadqiqotlar jarayoni, me’moriy manbalardagi bitiklar, shuningdek, “Shajarayi turk” hamda “Zafarnoma” asarlari tadqiqiga alohida eʼtibor qaratildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!