Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Suyuqlikdagi nanozarralar xususiyatlarini aniqlovchi laboratoriya tizimi ishga tushirildi


Bugungi kunda Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “biz milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishishni oʼz oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qoʼydik”. Milliy yuksalishga erishish yoʼlidagi muhim omillardan biri, albatta, ilm-fandir. Shuning uchun ham mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari tomonidan bu soha vakillariga jiddiy gʼamxoʼrlik koʼrsatilmoqda va ilmiy-tadqiqot muassasalari yangicha koʼrinish kasb etmoqda.

Buni birgina Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-3365-son qarorining qabul qilinishida koʼrish mumkin. Bu qaror asosida bosqichma bosqich ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnik bazasi yangilanmoqda hamda keng koʼlamdagi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday yangilanishlardan biri OʼzR FА Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Buyuk Britaniyadan olib kelingan NanoSight LM 10 laboratoriya qurilmasining ishga tushirilishi boʼldi.

Ushbu qurilma yorugʼlikning dinamik sochilishi yordamida bir vaqtning oʼzida nanzarralarning gidrodinamik diametrlari, diffuziya koeffitsienti va nanozarrlarning suyuqliklardagi kontsentratsiyasini aniqlash imkoniyatiga ega.

Qurilma yordamida 1 ta namunaning xususiyatlarini aniqlash uchun 7-10 daqiqa talab etiladi.

Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, bu eksperimental qurilma hozirda Oʼrta Osiyoda yagona hisoblanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!