Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sirojiddin Mirzaev Germaniya Federativ Respublikasining oliy ordeniga loyiq deb topildi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Mirzayev Sirojiddin Zayniyevich “Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer nomidan ushbu mukofotni topshirish marosimi 1-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasida bo'lib o'tdi.

Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Gyunter Overfildning ta'kidlashicha “Sirojiddin Mirzayev fizika fani sohasida yuksak yutuqlarga erishgan olim bulib, u nafaqat taniqli tadqiqotchi, balki ilm-fanning ajoyib tashkilotchisi. U shuningdek, Aleksandr von Gumboldt fondi fan elchisi hamda O'zbekiston va Germaniya talabalari, olimlari hamkorligini qo'llab-quvvatlaydi”.

“Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” bu Germaniyaning oliy ordenidir. Orden 1951-yilda birinchi federal prezident Teodor Xoyss tomonidan ta’sis etilgan. Bu oliy darajadagi mukofot siyosat va iqtisodiyot sohasida, shuningdek, ijtimoiy, ma'naviy va xayriya sohalarida Germaniya oldidagi xizmatlari uchun nemis va xorij fuqarolariga beriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!