Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashayotgan bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko'rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmonni imzoladi. Taqdirlanganlar qatorida FA olim va akademiklari ham bor:

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni

Inoyatova Flora Ilyasovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari, O’zR FA akademigi

I darajali “Salomatlik” ordeni

Nazirov Feruz G'afurovich – “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat unitar korxonasi direktori, O’zR FA akademigi

II darajali “Salomatlik” ordeni

Ismoilova Adolat Abdurahimovna – O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan taqdirlanganlarni chin yurakdan qutlaymiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!