Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmologiya sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish


Olimlarimiz tomonidan turli ko‘lamlarda seysmik xavf va xatarni baholash va rayonlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu sohada xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  tashabbusi bilan “Mikroseysmik tebranishlarni qayd etishning yangi usullari” mavsuzida Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (OIYaI, Dubna) va Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (CERN, Jeneva) vakillari ishtirokida Xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, yosh tadqiqotchilar, O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirok etishdi.

 

Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (OIYaI, Dubna) vakili M.V.Lyablin o‘z ma’ruzasida aniq lazerli inklometr yordamida seysmik to‘lqinlarni ro‘yxatga olishning yangi usullari haqida ma’lumot berdi. Ushbu metodologiya Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (OIYaI,  Dubna) va Yevropa yadro tadqiqot markazi (CERN,  Jeneva) mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

 

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!