Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Samarqand davlat universitetida “Akademik o’qishlar” akademik seminari o'tkazildi


2020-yil 7-8-fevral kunlari O’zbekiston Fanlar akademiyasi va Samarqand Davlat universiteti hamkorlikda mintaqaning ilmiy va amaliy muammolarini o’rganishga bag’ishlangan qo’shma ilmiy-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Ilmiy-amaliy seminarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev, O’zbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G’.A.Baxadirov, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Kadrlar bo'limi boshlig'i A.Qayumov, Samarqand Davlat universiteti rektori R.I.Xalmuradov va 50 dan ortiq olimlar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy seminar O’zR FA prezidenti B.S.Yuldashev hamda Samarqand Davlat universiteti rektori R.I.Xalmuradovning kirish so’zlari bilan ochib berildi. Ilmiy-amaliy seminarda 45 yaqin ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, seminarda ilm-fan yo‘nalishlarida yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!