Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Radiometrlar Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi


O'zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan ishlab chiqilgan takomillashgan hamda onlayn rejimida ishlaydigan Radiometrlar (Radonometr, alfametr va gammametr) xo'jalik shartnomasi asosida Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga yetkazib berildi.

 

Ushbu qurilmalarda kombinatda tegishli o'lchovlarni va ularni tahlilini to'g'ri amalga oshirishni hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, Institut mutaxassislari tomonidan Olmaliq kon metallurgiya kombinati xodimi S.G. Xaydarovga maxsus kurs bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, kurs oxirida tegishli sertifikat topshirildi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!