Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"p-adik analizga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi


O’zR FA Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yilning 16-iyuldan haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 11:30 da "p-adik analizga kirish" mavzusida onlayn darslari  tashkil etilmoqda.

"r-adik analizga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi 2020-yil 14-avgust kuni o'tkazildi. Unda FA Matematika instituti katta ilmiy xodimi Iskandar Sattarov  “p-adik sonlar maydonining kengaytmalari” mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada keltirilgan tushuncha va xossalarning haqiqiy hamda r-adik  analiz  nuqtai nazaridan o'ziga xosliklari yoritib berildi. Dars savol-javoblarga boy tarzda o'tdi. Tinglovchilar   darslarda berilayotgan ma'lumotlar juda qiziqarli va foydali bo'layotganini, kelajakda o'zlarining tadqiqot maydonlarini r-adik analizni qo'llagan holda kengaytirishni maqsad qilganlarini ta’kidladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!