Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraqalpoq tiliga bag’ishlangan anjuman


Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda 1-dekabr – Qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan “Mustaqillik davrida qoraqalpoq tili va adabiyoti taraqqiyoti masalalari” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.Anjumanda Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganidan buyon oʻtgan 33 yil ichida qoraqalpoq tilining hayotga tatbiq etilishi bilan bogʻliq yutuq va kamchiliklar, hozirgi qoraqalpoq tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalar, muammolar haqida qisqacha soʻz boradi.

 

Konferensiyaga taqdim etilgan maʼruzalarning mavzulari rang-barang boʻlib, ularda qoraqalpoq tilshunosligining mustaqillik davridagi rivojlanish tamoyillari, qoraqalpoq tilining huquqiy maqomi, qoraqalpoq terminologiyasi va uni tartibga solish, morfologiya, leksikografiya sohalariga doir masalalar muhokama qilinadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!